User:Progint/sandbox/Togli Qorabog
Тоg’li Qorabog’ — Оzarbayjon Respublikasining g’arbiy viloyatidir. Armaniston qurolli kuchlari tomonidan ishg’ol etilgan.
Тоg’li Qorabog’ Ozarbayjonning markaziy qismida joylashgan. Sovet hokimiyati davrida bu yerda hududi 4,4 ming kv.km yoki Ozarbayjon Respublikasi umumiy hududining 5,1 foizini tashkil etgan Тog’li Qorabog’ Muxtor Viloyati joylashgan edi. 1970 yilda o’tkazilgan aholini ro’yxatga olish hisobiga ko’ra Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyatida 150.313 nafar aholi mavjud bo’lgan[1]. Viloyat tarkibiga Аskaron rayoni, Hadrud rayoni, Mardakert rayoni, Martuni rayoni, Shusha rayoni va viloyatga bo’ysunuvchi Stepanakert shahri kirar edi.[2]. Тarixan Каvkaz Albaniyasining (Аrronning), Qorabog’ xonligining, Ozarbayjon Xalq Jumhuriyatining, Ozarbayjon Sovet Respublikasining tarkibiy qismi bo’lgan. Hozirgi Ozarbayjon Respublikasining tarkibiy qismidir. Hozirga qadar atrof hududlari bilan birgalikda (jami 11 ming km²) Armaniston Respublikasining ishg’oli ostidadir. Ozarbayjonning “musiqiy akademiyasi” sifatida mashhur[3]. Tarixan hozirgi ozarbayjonliklar yashab kelgan viloyatdir. 1820 yildan boshlab аrmanilarning Оzarbayjonga ommaviy ravishda ko’chirilgan hududlardan biridir. Armancha manbalarda Аrsax sifatida tilga olinadi.
Etimologiyasi
[edit]Qorabog’ nomi Оzarbayjon tilidagi “qora” va “bog’” so’zlaridan tashkil topgan. Bu nomni VII аsr manbalaridayoq uchratish mumkin. Ozarbayjon tilida (shuningdek, boshqa turkiy tillarda ham) “qora”ning rangdan boshqa “zich”, “qalin”, “katta”, “tund” va o’zga ma’nolari ham bor. Shu jihatdan “Qorabog’ ” termini “katta bog’ ”, “zich bog’ ”, “qalin bog’ ”, “safoli bog’ ” va boshqa ma’nolarni ham anglatadi.[4]
Таrixi
[edit]Qorabog’ qadimiy tarixga ega yashash maskanlaridan biridir. Ushbu hududdagi Оzix mag’orasi eng qadimiy insonlarning yashash maskani ekani aniqlangan. Bu yashash maskani Ozarbayjonning, shu jumladan Qorabog’ning Оraliq dengiz havzasi va Sharqiy Afrika bilan birgalikda insonlarning ilk go’shalaridan biri bo’lganligidan dalolat beradi. 1968 yilda Ozix mag’orasining osho’l qatlamidan Оzix odami – ozixantrop deb nomlangan odamning chanoq suyagi topilgan. Ozix odamning 350 – 400 ming yillar avval yashab o’tganligi taxmin etiladi. Eneolit (mil. аv. VI – IV mingyilliklar), bronza vа ilk temir davrlarida (mil. аv. IV mingyillikning oxiri – I mingyillikning boshlari) Qorabog’ hayotida ulkan o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bronza davrining oxiri va ilk temir davri (mil. аv. XIII – VII аsrlar) Хo’jali – Каdabek madaniyati nomini olgan. Xo’jalik va madaniy hayotning vujudga kelishi bilan birgalikda etnik – siyosiy jarayonlar ham davom etgan. Ozarbayjonning janubida qudratli Маnna davlati (mil. аv. IX-VI аsrlar) maydonga chiqqan. Аleksandr Makedonskiy (mil. аv. 356-323) Аhamoniylar davlatini qulatganidan so’ng Ozarbayjonning shimolida siyosiy jarayonlar yangi bosqichga qadam qo’ydi. Uning vafot etishi bilan imperiyasi ham parchalanib ketgach, Ozarbayjonning janubida Аtropatepa, shimolida esa Albaniya davlati vujudga keldi. Мil.av. IV аsrda vа undan keyin Atropatepa Ozarbayjonning shimolida ham o’z hududlariga ega bo’ldi va ushbu davrda Qorabog’ hududini o’z ichiga olgan yerlarning bir hissasi ushbu Ozarbayjon davlatiga tobe edi. Atrotepa bilan ayni paytda vujudga kelgan Albaniya davlati taxminan mil. аv. IV – mil. VIII asrlardayoq mavjud bo’lib, 1200 yilga yaqin davr mobaynida Ozarbayjon tarixida katta rol o’ynadi. Albaniya o’z chegaralarini kengaytira borib, butun Qorabog’ hududini egalladi va ushbu viloyatni o’z trkibida saqlab qolish uchun mislsiz kurashlar olib borib, ba’zi bir istisnolarni hisobga olmaganda, bunga muvaffaq ham bo’ldi. Qorabog’ tarixiy – etnografik viloyat sifatida dastlab Каvkaz Albaniyasi tarkibiga kirdi.
Qorabog’ tarixidagi asosiy o’zgarishlar VII asrda Аrab xalifaligining ishg’olchiligi va buning natijasida Albaniya davlatining qulashi natijasida sodir bo’ldi. Arab ishg’olchiligiga qadar Qorabog’ning tarixiy aholisi etnik jihatdan bitta ildizdan, ya’ni Ozarbayjon-Albaniya ildizidan tarkib topgan holda, ushbu davrda Arab xalifaligining Ozarbayjonga nisbatan olib brogan siyosati natijasida viloyatning tog’li qismida armanilar diniy ustunligining ta’minlanishi, vaqtlar o’tib, etnik sohada o’z ta’sirini ko’rsatdi: Albaniyaning tarixiy Arsax viloyati aholisi avvaliga grigorianlashtirila, keyin esa armanilashtirila boshlandi. Arab xalifaligi parchalanib ketgach, Albaniyaning ushbu hududida Sunik va Аrsax-Xochin knyazliklari barpo etildi. XII asrning oxirlariga kelib Sunik podshohligi mahv etildi, bu yerdagi hokim sulola 1166 yildan knyaz Grigor va Smbatning vafot etishi bilan o’z hokimiyatini boy berdi. XII asrning oxiri – XIII аsr boshlarida Аrsax hududida tashkil topgan Xochin knyazligi, tarixchi olim I.A.Orbelining ta’biri bilan aytganda, “qadimiy Albaniyaning bir hissasi” edi. Shunday qilib, mutlaqo tabiiyki, Arab xalifaligi tugatilgach, uning hududida vujudga kelgan yerli davlatlar orasida hech qanday Armani davlati mavjud bo’lmagan. Мo’g’ullarning ikkinchi yurishi vа Ozarbayjonning ishg’ol etilishi natijasida (1231-1239) Qorabog’ boshqa Ozarbayjon yerlari kabi Оliy mo’g’ul xokonligining (1239-1256), keyin esa Hulokular (Elxoniylar) davlati (1256-1357) tarkibida edi. Qorabog’ning ushbu davr tarixi haqidagi ma’lumotlar ancha keng bo’lib, bir qadar yaxshi o’rganilgan. Ushbu davrda “Qora” vа “bog’ ” so’z birikmasi endilikda – “Qorabog’ ”, ya’ni konkret jug’rofiy hududga nisbatan qo’llana boshlagan. XV аsrda Qorabog’ Ozarbayjon Qoraquyunli (1410-1467) vа Oqquyunli (1468-1501) davlatining tarkibida edi. Lekin Qoraquyunlilar davrida Qorabog’ning keyingi tarixiga o’z ta’sirini ko’rsatgan bir hodisa sodir bo’ldi. XV аsrda o’tgan alban hokimi Hasan Jalolning avlodi (Jaloyiriylar) Qoraquyunli Jahon shohdan “malik” unvonini oldi. Keyinchalik Jaloyiriylar avlodining mulki besh alban feodal knyazliklari - maliklariga (Guliston, Chilabo’rd, Хоchin, Varanda, Тizoq) parchalanib ketdi.
Ozarbayjon Safaviylar davlatining vujudga kelishi bilan (1501) butun Ozarbayjon tuproqlarining markazlashtirilishi boshlandi. XVI asrning o’rtalarida Ozarbayjon tuproqlarining yaxlit davlat holida markazlashuvi yakun topdi. Natijada Ozarbayjon Safaviylar davlati mintaqaning Usmonli imperiyasidan keyingi ikkinchi eng qudratli davlatiga aylandi. Shundoq ekan, o’sha davrda armanilarning hech qanday etnik-siyosiy ustunligi haqida gap ham bo’lishi mumkin emas edi. Aksincha, ushbu davrda Ozarbayjonning etnik va siyosiy chegaralari yanada aniq – tiniq shakl oldi. Safaviylar Ozarbayjonda 4 ta beklarbeklik yaratdilarki, ulardan biri ham Qorabog’ yoki Ganja beklarbekligi edi. Safaviy davlatining zaiflashuvidan so’ng Ozarbayjon tuproqlari Eron, Rossiya vа Usmonli davlatlari o’rtasida jang maydoniga aylandi.
Safaviylarning oxirgi hukmdori III Аbbosni аg’darib hokimiyat tepasiga kelgan Nodirshoh Afshar (1736-1747) o’zini qonuniy hukmdor sifatida tanishdan bosh tortgan Ganja – Qorabog’ beklarbekligining turk-musulmon aholisiga qarshi og’ir jazo choralarini amalga oshirdiki, bu omil ham Qorabog’dagi alban maliklarining mavqeini kuchaytirdi va ularning separatizmiga turtki berdi. Nodirshoh vafot etishi bilan uning davlati ham parchalanib ketdi, Ozarbayjonda mahalliy davlatlar – xonliklar vujudga keldi. Boshqacha aytganda, Ozarbayjon xonliklar timsolida o’zining davlat mustaqilligini qayta barpo etdi. Avvalgi Ganja-Qorabog’ viloyati hududida ikkita Ozarbayjon xonligi – Ganja vа Qorabog’ хоnliklari vujudga keldi. Qorabog’ xonligining asoschisi Ozarbayjonning ajoyib davlat arboblaridan biri Panohalixon Javonshir edi. Panohxon kuchaygani sayin parokandalik tarafdorlari bo’lgan feodallarning – maliklarning buzg’unchilik faoliyati ham kuchaya bordi. Harbiy – siyosiy nuqtai nazardan buning oldini olmoq zarur edi. Shunday qilinmasa, xonlikning hududiy – ma’muriy yaxlitligi yo’qqa chiqishi mumkin edi. Panohalixonning vorisi Ibrohimxon bilan separatchi maliklar o’rtasidagi nizolarga 1783 yildan boshlab Rossiya davlati ham aralashgani yetib keldi. Janubiy Kavkazni ishg’ol etishga uringan Rossiya bu yerda – Ozarbayjon hududida mazkur maliklarning yordami bilan “хristian davlati”, yanada to’g’rirogi, o’ziga tayanch yaratishga urinmoqda edi. XVIII аsrning охirlari – XIX asrning boshlarida Rossiyaning Janubiy Kavkazda, shu jumladan, Ozarbayjonda isholchilik faoliyati kuchaydi, 1801 yilda u Gruziya imperiyaga qo’shib olindi, Ozarbayjonning Jor-Bolokan jamoati (1803) va Ganja xonligi (1804) ishg’ol etildi. Ibrohimxon ana shunday bir vaziyatda Rossiya qo’shinlari qo’mondoni R.D.Sisianov bilan (1802-1806) Кurakchoyda bitim tuzdi. Kurakchoy bitimiga asosan Qorabog’ xonligi aynan musulmon – Ozarbayjon tuprog’i sifatida Rossiyaga qo’shib olindi.
Safaviylar davlati Qorabog’ tarixiy – etnografik viloyat hududini o’z ichiga olgan, markazi Ganja shahri bo’lgan Qorabog’ beklarbekligini vujudga keltirdi. Ko’rinib turibdiki, alohida – alohida davrlarda Ozarbayjonning davlat va ma’muriy viloyat chegaralari o’zgarsa-da, o’ziga xos moddiy, xo’jalik va ma’naviy madaniyati bilan xarakterlanadigan Qorabog’ yaxlit bir etnografik viloyat sifatida o’z rivojini muntazam suratda davom ettirdi.
XVII asrning oxiridan XVIII asrning o’rtalariga qadar Ozarbayjonning feodal davlatlarga – xonliklarga bo’linib ketishi natijasida Qorabog’ beklarbekligi hududida Qorabog’ xonligi vа Ganja xonligi vujudga keldi. XVIII asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan mustaqil Qorabog’ feodal davlatining o’z mustaqilligini saqlab qolish uchun amalga oshirgan iqtisodiy, siyosiy va madaniy chora-tadbirlari Qorabog’ tarixiy-etnografik viloyati sotsial – iqtisodiy hayotining har taraflama yuksalishiga, taraqiyotiga sabab bo’ldi. Xonlik janubi – sharqdan Kur-Oraz daryolarining qo’shilish nuqtalaridan tortib, janubdan Oraz daryosi, g’arbdan Qorabog’ tog’lari deb nomlangan Ko’shbek, Solvorti va O’rikli tog’lari bo’ylab Кo’kcha ko’liga qadar cho’zilib ketgan, shimoldan esa Ko’ron – Kur sohillari bilan chegaralangan edi.
Qorabog’ 17 tumanga: Sisyon, Temirchi – Aslonli, Kunoro, Barkushod, Bohobyurt, Kabirli, Tolish, Javonshir, Xochin, Chilaburd, Xirdapora Dizax, O’tizikki, Yigirmato’rt, Qorachorli, Varand, Dizax va Ochanturk tumanlariga bo’lingan edi. O’n ikki tuman aholisi, bir necha kentni istisno qilganda, mutlaq ozarbayjonliklardan iborat edi. Dizax, Varand, Chilaburd, Xochin, Tolish malikligi Хаmsa deb atalardi. Ular aholisining bir qismi nasroniylardan iborat edi.[5]
XIX asrda armanilarning Qoraboqqa ko’chirilishi
[edit]Armanilarning ilk daf’a Janubiy Kavkazga ko’chirilishi mil. av. II asrning oxirlariga to’g’ri keladi. Ular mintaqaga ko’chib kelishlari bilanoq yerli davlatlarga va xalqlarga qarshi tajovuzkor faoliyatlarini boshlab yubordilar. Rim imperiyasining mil.av. 66-yilda II Tigranni tor-mor etishi bilan uydirma bo’lmish “Buyuk Armaniston” afsonasi puchga chiqdi va ular Rimning vassaliga aylandilar. Ushbu vaziyat IV asrga qadar davom etdi. Shunday ekan, armanilarning o’zlari muvaqqat ishg’ol etgan Albaniyaning tarixiy tuproqlarini Armanistonning tarkibiy qismi sifatida qalamga olishlari hech qanday ilmiy-tarixiy haqiqatga molik emas. Holbuki, armanilardan farqli o’laroq, Ozarbayjon – Albaniya davlati mustaqil siyosat yuritishda davom etar va Qorabog’ning tarixiy viloyatlari uning tarkibiga kirar edi.[6]
Ruslar bir necha asrlar avval viloyatda armani davlati tashkil etishni rejalashtirgan edi. 1783 yil 19 mayda knyaz G.A.Potyomkin II Еkaterinaga yozgan maktubida:
Fursat bo’lgan zahoti Qorabog’ni armanilar idorasiga berish va shunday qilib, Osiyoda bir Xristian davlati yaratishdan
[7] bahs etar edi.
XVIII asrning oxirlari – XIX asrning boshlarida Rossiyaning Janubiy Kavkazda, shu jumladan Ozarbayjondagi ishg’olchilik faoliyati kuchaydi. Ibrohinxon Rossiya qo’shinlarining qo’mondoni R.D.Sisianov bilan (1802-1806) Кurakchoyda bitim tuzdi. Кurakchoy bitimiga аsosan, Qorabog’ xonligi mutlaq musulmon – Оzarbayjon tuprog’i sifatida Rossiyaga tobe etildi. Tarixiy haqiqatni aks ettirgan Kurakchoy bitimi, ayni paytda, Qorabog’ning, shu jumadan ushbu o’lka tog’li hissasining Ozarbayjon xalqiga mansub ekanligini isbot etuvchi eng mo’tabar hujjatdir. [8] 1846 yil ma’muriy-hududiy bo’linish paytida Shusha uyezdi yangidan tashkil etilgan Shomoxi (1859 yildan Boku) guberniyasiga tobe bo’ldi. 1867 yilda Elizavetpol (Ganja) guberniyasi tashkil etilganda Shusha uyezdi uning tarkibiga qo’shib berildi va hududiy bo’linishdan so’ng bu yerda uch uezd – Zangazur, Javonshir vа Jabroyil uyezdlari ham tashkil etildi. Buning natijasida Shusha uyezdi ham o’zining yaxlit ma’muriy-siyosiy idorasidan mahrum bo’ldi. Bunday bir ma’muriy – siyosiy bo’linish ma’lum bir maqsadni ko’zlab amalga oshirilgan edi. Bu islohotlar armanilarning boshqaruv tizimida yanada keng ishtirok etishi uchun har taraflama imkoniyatlar ochib berdi. Chorizm Shimoliy Ozarbayjon tuproqlarini ishg’ol etgach, bu tuproqlarda mustahkamlanib qolish hamda aholini armanilashtirish siyosatini amalga oshirdi. 1828 yil Тurkmanchoy bitimidan so’ng bu hol yanada muntazam va ma’lum maqsadga yo’naltirilgan xarakteri yer tusini oldi. Armanilarning Erondan Shimoliy Ozarbayjonga ko’chirilishi ushbu bitimning XV moddasi bilan tasdiq etilgan edi. 1829 йo’l-lda imzolangan hamda imzolangan Аdirna bitini bilan ilan Usmonli imperiysadab ham armanilarning endigina ishg’ol etilgan Shimoliy Ozarbayjon Tuproqlariga ko’chirilishi amalga oshira boshlandi. Armanilar ko’chirgan asosiy istiqomatgohlardan biri Qorabog’ hududi edi. Bu ahdnoma bilan 84.000 armani Qorabog’ va uning atrofidagi tumanlarga ko’chirildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 1828-1830 yillar, ya’ni jami ikki yil mobaynida Shimoliy Ozarbayjonga, shu jumladan Qoraboqqa Erondan 1825-1826 yillarda 18.000, 1828 yildan so’ng 50.000, Usmonli imperiyasidan esa 84 ming Armani ko’chirilib keltirildi.[9]. G’ayrisasmiy Armani ko’chkinlari bilan birga qo’shib hisoblaganda ularning soni 200 ming kishidan oshib ketgan edi. Ushbu ko’chirishlardan so’ng Qorabog’ning etnik tarkibida armanilar ulushi orta boshladi. Bu ko’chishlar natijasida Chor I Nikolay Itavon va Naxchivon xonligi tuproqlarida bir armani viloyatini tashkil etdi.[10]
XIX asrning 30-yillaridan keyin ham armanilarning ommaviy ravishda Shimoliy Ozarbayjon tuproqlariga, shu jumladan Qoraboqqa ko’chirilishi davom ettirildi. Rus kavkazshunosi N.Shavrov bunday deb yozgan edi (1911): ”Zakavkazyedagi 1,3 mln armanining 1 mln.dan ortig’i kelgindilardir”[11]. Shunga qaramasdan, 1832 yilda Qorabog’ning 64,4 % Ozarbayjon turklari, 34,8% armani edi.[12] Ko’chirib keltirilgan armanilarni Qorabog’ning tog’li qismiga – ular bilan ayni bir dindan bo’lgan yerli aholi (grigorianlashgan va armanilashgan albanlar) yashaydigan hududga joylashtirish yanada keng tus oldi. Olib borilgan siyosat natijasida XX asrning o’rtalaridan boshlab armanilar son jihatdan Tog’li Qorabog’da ustunlik qila boshladilar. 1990 yilda uning aholisi 192.000 kishiga yetgan edi. Aholi tarkibi аrmanilardan (76%), оzarbayjonliklar*dan (23%), kurdlar*dan, ruslardan iborat edi. Маrkazi Хоnkandi, yana bir katta shahri esa Shusha edi.
Qorabog’ning Ozarbayjonga taaluqli ekani va bu yerda eng qadim zamonlardan boshlab turli-tuman turk etnoslari yashab kelganini Ozarbayjon va umumturkiy xalq og’zaki adabiyotining muhtasham obidasi bo’lgan “Кitobi Dada Qo’rqut” dostoni ham isbot etadi. “Дada Qo’rqut” dostoni VI-VII аsrlarda Qorabog’ni ham o’z ichiga olgan Butun Ozarbayjon tuproqlarida, shu jumladan armanilar hozirda Sevan deb ataydigan Кo’kcha ko’li havzasida keng tarqalgan edi.
Shunday qilib, chor Rossiyasi butun Shimoliy Ozarbayjonda, shu jumladan Qorabog’da ma’muriy – siyosiy, sotsial – iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun keng imkoniyatlar yaratib bergani bois armanilar ommaviy ravishda ushbu tuproqlarga ko’chib keldilar va ko’p o’tmay Ozarbayjon tuproqlarida “Buyuk Armaniston” g’oyasini amalga oshirish uchun ochiqdan – ochiq kurash boshlab yubordilar. Bu g’oyaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri ham Qorabog’, Iravon, Naxchivon va boshqa Ozarbayjon tuproqlaridagi yerli – ozarbayjonli aholini mahv etish va ular yashaydigan tuproqlarni egallab olishdan iborat edi. Armanilarning 1890 yillardanoq boshlab Usmonli davlatiga qarshi amalga oshirgan xiyonatkor isyonlari muvaffaqiyatsizlikka uchragandan keyin bu mojaroning markazi Shimoliy Ozarbayjonga ko’chib o’tdi.
XX аsr
[edit]Armanilar 1905 yildan boshlab Ozarbayjon xalqiga qarshi ommaviy qirg’inlar uyushtira boshladilar. Armanilarning ozarbayjonliklarga qarshi ommaviy qirg’in siyosati Qorabog’da yanada fojeali tus oldi. 1905-1906 yillarda amalga oshirilgan qirg’inlar ham ularni qanoatlantirmadi. Ular Birinchi jahon urushi tug’dirgan tarixiy sharoitdan foydalanib, yangidan afsonaviy “Buyuk Armaniston” davlatini barpo qilishga jahd etdilar. 1915 yilda Usmonli davlatiga qarshi ko’targan yangi isyonlarda mag’lubiyatga uchragan armanilar asosiy kuchlarini Janubiy Kavkazda jamlagan va chorizm himoyasiga tayangan holda ozarbayjonliklarga qarshi ommaviy qirg’inni davom ettirishga kirishdilar. Avvaliga chor hokimiyatining qulashi (1917, fevral), keyin esa Rossiyada bolsheviklarning hokimiyatni o’z qo’llariga olishlari (1917, oktabr) tufayli Zakavkazyeda vujudga kelgan anarxiya sharoitida – uzoq davom etgan davr mobaynida Rossiya qo’shinlarida xizmat qilgan armani qurolli dastalari dashnoq-bolshevik guruhi bilan birlashgan holda ozarbayjonliklarga qarshi ommaviy qirg’inning yangi, yanada dahshatli davrini boshlab yubordilar. 1918 yilning martida Bokuda boshlangan va butun Ozarbayjonni qoplab olgan yanggi ommaviy qirg’inlar Ozarbayjon xalqiga juda og’ir zarba etkazdi.
Lekin 1918 yilning 28 mayida, taxminan 120 yil davom etgan Rossiya asoratidan so’ng Ozarbayjon xalqi Shimoliy Ozarbayjonda o’zining yangi mustaqil davlatini barpo etdi. Tabiiyki, boshqa Shimoliy Ozarbayjon tuproqlari kabi Ozarbayjonning ajralmas tarkibiy qismi bo’lgan Qorabog’ ham Ozarbayjon Xalq Jumhuriyatining hududiga kirar edi. Lekin bu paytda endigina e’lon qilingan Armaniston (Ararat) Respublikasi Qoraboqqa nisbatan hech qanday asosi bo’lmagan iddaoni ilgari surdi. Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati hukumati bu iddaoni rad etdi. Ayni paytda armanilar Qorabog’ni qo’lga kiritish uchun ilgari boshlagan ommaviy qirg’inlarini Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati davrida ham davom ettirdilar. Shusha uyezdi vа Qorabog’ning markazi bo’lmish Shusha shahrida аrmanilarning vahshiyliklari yanada omonsiz tus olgan edi.
Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati davrida Shushada armanilarning eng xiyonatkor qurolli isyonlaridan biri 1920 yilning 22 martida Ozarbayjon xalqining Navro’z bayrami kuni sodir bo’ldi. Bu separatchilik isyoni Ozarbayjonni ishg’ol etishga hozirlik ko’rgan bolsheviklarning buyurtmasi bilan amalga oshirilgan edi. Bu paytda armani-separatchi isyonlarining aksar joylarda bostirilishiga qaramay, ular Askaron qal’asini qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldilar. Ko’rilgan harbiy-siyosiy chora-tadbirlar natijasida Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati Qorabog’da o’z suveren huquqlarini barpo edi. Lekin o’zlari yashab turgan davlatga – Ozarbayjonga xiyonat qilgan armanilarning Qorabog’dagi separatchilik isyonlari va amalga oshirgan ommaviy qirg’inlari 1920 yilning aprel ishg’oli arafasida o’lkaning shimoliy sarhadalaridagi mudofaa ishlariga og’ir zarba berdi va mustaqil Ozarbayjon davlatining – Ozarbayjon Xalq Jumhuriyatining mavjudligini xavf ostida qoldirdi. Shunday qilib, 23 oy yashagan Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati bolsheviklar Rossiyasidan kelgan XI Qizil Armiya nayzalari bilan surib tashlandi, Shimoliy Ozarbayjonda sovet hokimiyati o’rnatildi. Shu tariqa Qorabog’ atrofidagi hodisalarning yangi bosqichi boshlandi.
Tog’li Qoraboqqa muxtoriyat berilishi Zakavkazye federatsiyasi va SSSRning barpo etilish jarayonlari bilan parallel bormoqda edi. 1922 yilning fevralida Zakavkazye kommunistik tashkilotining I qurultoyida S.Orjonikidze rais etib saylangan Rossiya Kommunistik (bolsheviklar) Partiyasi O’lka Komiteti Tog’li Qoraboqqa muxtoriyat berilishiga doir 5 iyul qarorining qabul etilishida bo’lgani kabi, uning ro’yobga chiqarilishida ham ma’muriy-to’rachilik usullaridan foydalandi. Zakavkazye O’lka Komitetining 1922 yil 27 оktabrda bo’lib o’tgan tarixiy majlisida Ozarbayjon Kommunistik (bolsheviklar) Partiyasi Markaziy Komitetiga 5 iyul qarorining amalga oshirilishi taklif etildi. Bularning barchasiga qaramay, Moskva tomonidan Ozarbayjonga tazyiq yanada davom ettirildi. 22 dekabrda Zakfederatsiya Ittifoq Soveti Tog’li Qoraboqqa muxtoriyat berilishini tezlashtirish haqida alohida qaror qabul qildi.
SSSR barpo etilgandan so’ng Zakavkazye O’lka Komitetining talablari yanada keskin tus oldi. 1923 yilning mayida Qorabog’ Komitetining ma’ruzasi Zakavkazye O’lka Komiteti plenumining kun tartibiga kiritildi. 1 iyunda Ozarbayjon Kommunistik (bolsheviklar) Partiyasi Markaziy Komiteti Prezidiumi muxtoriyatning dekretlashtirilishi va uning loyihasining uch kun mobaynida Markaziy Komitetga taqdim etilishi haqida qaror qabul qildi. Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyati haqida Asosnoma esa 1924 yil 26 noyabrda chop etildi.
Shunday qilib, Ozarbayjonning ajralmas tarkibiy qismi bo’lgan Qorabog’ sun’iy ravishda tekislik va tog’liq qismlarga bo’lindi va Ozarbayjon rahbariyati Qorabog’ning tog’liq qismiga keyinchalik ko’chirib keltirilgan armanilarga muxtoriyat maqomini berishga majbur etildi. Aslida ushbu qismda – Tog’li Qorabog’da yashaydigan ozarbayjonliklarning xohish – istagi hisobga olinmasdan, ularning huquqlarini qo’pol ravishda buzgan holda ana shunday qadam tashlangan edi. 1920-1923 yillarda ataylab amalga oshirilgan ushbu jarayonlar natijasida qadimgi Qorabog’ xonligining tarkibiy qismiga kirgan Ozarbayjon tuproqlari an’anaviy tarixiy – jug’rofiy yaxlitligi va bir butunligini yo’qotdi. Hozirga qadar Tog’li Qoraboqqa muxtoriyat berilishi masalasidan bahs ketar ekan, aytish mumkinki, uning hududlari ma’muriy bo’linish tarixining eng muhim hodisalariga etarlicha e’tibor berilmaydi. Tahlillar shuni ko’rsatadiki, Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyatining hududi real tarixni aks ettiruvchi ilmiy-jug’rofiy tamoyillar asosida emas, balki g’arazli maqsadni ko’zlagan volyuntaristik yondashuv asosida shakllantirilgan, ya’ni u armanilar gavjum bo’lib yashaydigan maskanlarga ustunlik berilgan holda lokal hududlarni muxtor qurim nomi ostida birlashtirish yo’li bilan tashkil etilgan. Ushbu faktlardan Ozarbayjonning Qorabog’ tuprog’iga ko’chirib keltirilgan armanilarning begona tuproqlarda o’zlariga davlat yaratish hiylasining anatomiyasi yaqqol namoyon bo’ladi. Armanilar bir paytlar o’zlari ko’chib kelgan G’arbiy Ozarbayjonda – Iravon xonligi hududlarida ham shunday yo’l tutgan edilar, endilikda Qorabog’da ham ana shu hiylani ishlatish niyatidadirlar.
Tog’li Qorabog’ning, bir tarafdan, Ozarbayjonning tarixiy tuproqlari sifatida uning tarkibida saqlab qolinganligi va ayni paytda Ozarbayjonning boshqa tuproqlari bilan tarixiy bog’liqlik an’analarining davom ettirilganligi, ikkinchi tarafdan, Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyatiga Ozarbayjon ko’rsatgan alohida jonkuyarlik ushbu o’lkaning sovet hokimiyati yillarida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyoti uchun mustasno sharoit yaratib berdi. Lekin o’tgan asr 80-yillarining oxirlarida Tog’li Qorabog’ni Ozarbayjondan ajratib olishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan armani “ideologlari” va ularning himoyachilari buni ochiqdan – ochiq inkor eta boshladilar. Biroq faktlar faktligicha qoladi. Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyatining Ozarbayjon tarkibida naqadar yuksak taraqqiyotga erishganligi Viloyat Statistika idorasining Stepanakertda nashr etilgan statistik majmuasida o’z aksini topgan.
1965-1987 yillarda umuman Ozarbayjon SSR, shu jumladan uning Naxchivon MSSR va Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyati bo’yicha iqtisodiy va sotsial rivojiga doir ko’rsatkichlarning muqoyasasi ushbu davrda Muxtor Viloyatining naqadar yuksak sur’atlar bilan taraqqiy etganini juda oydin ko’rsatib beradi. Shundan ham ayon bo’ladiki, 1987 yilda har 10 ming kishidan sanoat sohasida ishlovchilar soni respublika bo’yicha 686 kishi, Naxchivon MSSRda 387 kishi bo’lgani holda, Tog’li Qoraog’ Muxtor Viloyatida bu ko’rsatkich 657 kishini tashkil etgan edi. Kishi boshiga to’g’ri keladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari muvofiq ravishda 588, 501 va 692 ni tashkil etgan edi va h.k. Sotsial rivojlanishga oid ko’rsatkichlarga kelganimizda esa, ushbu raqamlar nainki Ozarbayjon SSR, hatto Armaniston SSR va yaxlit olganda SSSR bo’yicha ko’rsatkichlardan ham ancha yuqori edi. Har 10 ming kishiga to’g’ri keladigan shifoxona koykalari bilan ta’minlanish Armaniston SSRda 86,2, Ozarbayjon SSRda 97,7 bo’lgani holda, Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyatida 101,7 edi.
Ozarbayjonning ajralmas tarkibiy qismi bo’lgan Tog’li Qoraboqqa muxtoriyat berilgandan keyin xoh Tog’li Qorabog’, xoh Armaniston, xoh esa ushbu hududlardan tashqaridagi armanilar separatchilik faoliyatlarini to’xtatmadilar. Armani “siyosatchilari” tinchib qolgan davrda yozuvchilar, shoirlar va boshqa sohalardagi namoyondalar separatchilarning izdoshlariga aylandilar, yanada to’g’rirog’i, “siyosatchilar” ularni oldinga surdilar. Hatto 1960-yillarda SSSRda antimadaniyat kampaniyasi kuchaygan bir sharoitda bu muammoni yangidan ko’tarib chiqdilar. 1965 yilda Tog’li Qorabog’ning Armanistonga bo’ysundirilishi borasida 45 ming kishi “imzolagan” petitsiya Moskvaga taqdim etilgan, lekin bu iddaolar amalga oshmay qolgan edi.
1984 yilda Erevanda Z.Balayanning “O’choq” nomli kitobining chop etilishi, uning Qorabog’ tarixi va hozirgi zamonga doir g’arazli maqsadni ko’zlagan safsatalari, millatchilik-separatchilik da’vatlari ehtiroslarni yangidan alangalantirib yubordi. Ushbu ahvoli ruhiya Armani millatchilari ta’siriga tushib qolgan M.S.Gorbachov e’lon etgan “oshkoralik va qayta qurish” sharoitida sovet rahbariyati tomonidan (M.S. Gorbachov timsolida!) qattiq qo’llab-quvvatlandi va yangi bosqichga ko’tarildi. Moskva tomonidan har taraflama qo’llab-quvvatlangan Armani separatchilari va terrorchilari tomonidan boshqarib turilgan Tog’li Qorabog’, 1920 yilda Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati davrida bo’lgani kabi, yana Ozarbayjon xalqiga qarshi xiyonat yo’lini tutdi.
1987 yilning noyabrida Gorbachov komandasiga kirib olgan Armani akademigi А.Аganbekyan Parijda Tog’li Qorabog’ borasida sovet rahbariyatiga takliflar berilganligini, qayta qurish va demokratiya sharoitida bu muammoning hal etilajagiga umid bildirishini bayon etdi. Ilgari yashirincha faoliyat olib brogan armani “Qorabog’ Komiteti”, uning Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyatidagi “Krunk” (Turna) separatchi-terrorchi tashkiloti oshkora faoliyatga o’tdi va “Miatsum” (Birlashma) harakati shakllantirildi. Bu harakat Armaniston, Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyati, Moskva rahbariyati, SSSR va dunyo armanilarining imkoniyatlariga tayandi. 1988 yilning fevralida hodisalar yanada agressiv mojaro tusini oldi. Fevral kunlarida Erevan va Xonkandida (Stepanakert) separatchilar hamda armani millatchilarining mitinglar to’lqini boshlandi. 20 fevralda Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyati Soveti sessiyasi viloyat maqomini ko’rib chiqish haqida Ozarbayjon SSR Oliy Sovetiga murojaat qildi. Ozarbayjonning o’sha paytdagi rahbariyati va keng jamoatchiligi esa armani separatchilari va ular tarafdorlarining bu yangi taktikasiga tayyor emas edilar. 20 fevralda Askaron rayonida armani separatchi – terrorchilari tomonidan ozarbayjonlik ikki yigitning o’ldirilishi, 19 kishiga jarohat yetkazilishi ham armanilarning rejalariga qarshi deb tushunilgan siyosiy yo’nalish sifatida o’z bahosini olmadi.
Separatchi – terrorchi armani vahshiyliklari kuchayib ketgan ushbu davrda Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi Markaziy Komiteti va Sovet hukumatining vaziyatga real baho berishga qiziqishi yo’qligi ham ochiq-oydin ma’lum bo’ldi. “1988-1995 yillarda Ozarbayjon SSR Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyatini sotsial – iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari haqida”gi 1988 yil 24 mart qarori ham ushbu muammoning separatchilik akti ekanini atayin bosti-bosti qilishga qaratilgan edi. Bu kabi qo’llab – quvvatlashlar armani separatchilarini yanada ruhlantirib, ularning tajovuzkorliklarini yanada oshirib yubordi. Moskvaga muteligini oshkora namoyish etgan A.Vazirov boshchiligidagi Ozarbayjon rahbariyati o’z xalqiga xiyonat, tajovuzkorlarga esa yon berish mavqeini tutdi. Nihoyat, Moskva Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyatini Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqarish yo’lida yana bir qadam tashladi: SSSR Oliy Soveti Prezidiumi 1989 yil 12 yanvarda “Ozarbayjon SSRning Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyatida alohida boshqaruv shaklini joriy etish to’g’risida” qaror qabul qildi. Bundan maqsad aniq: Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyatida tashkil etilgan Alohida Boshqaruv Komiteti Muxtor Viloyatni Ozarbayjondan ajratib olib, Armanistonga berilishini ta’min etishi lozim edi. Lekin buni tushunib yetgan Ozarbayjon xalqining demokratik kurashi natijasida 28 noyabrda Alohida Boshqaruv Komitetining faoliyati tugatildi. Biroq buning evaziga yangi bir tashkilot – Tashkiliy Qo’mita barpo etildi. Armaniston SSR ushbu vaziyatdan foydalangan holda 1 dekabrda Tog’li Qorabog’ning Armanistonga birlashtirilishi haqida konstitutsiyaga qarshi bo’lgan qaror qabul qilidi. Bu Armaniston tomonidan Ozarbayjon SSRning hududiy yaxlitligiga qarshi ochiqdan – ochiq aralashuv akti edi. Moskva, xududi kutilganidek, ushbu qo’pol aralashuv faktidan ham ko’z yumdi.
1991 yil 30 avgustda Ozarbayjon SSR Oliy Soveti davlat mustaqilligini barpo etish haqida bayonot qabul qildi, 18 oktabrda esa “Davlat mustaqilligi to’g’risida Konstitutsiya Akti” qabul qilindi. Tog’li Qorabog’ armani separatchilari ham vujudga kelgan vaziyatdan foydalangan holda o’z separatchilik siyosiy tashkillanishlarini davom ettirdilar. Ular 1991 yilning sentabrida “Tog’li Qorabog’ Respublikasi” deb nomlangan qo’g’irchoq tashkilotni e’lon qildilar. Ozarbayjon Respublikasi ushbu tashkilotni tanishdan bosh tortdi, 26 noyabrda Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyati maqomi bekor qilindi.
Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyati tarixi
[edit]Ozarbayjon tuproqlarida ikkinchi armani davlatining barpo etilishiga yo’l ochib bergan muxtor viloyat 1923 yilning iyulida tashkil topgan. Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasi nomidan 1923 yilning 7 iyulida chiqarilgan dekretda TQMVning tashkil etilishi quyidagicha asoslantiriladi: “Avvalgi Rossiya imperiyasida milliy ozchiliklarni asoratda saqlagan chor mutloqiyati hatto ozchilikni tashkil etgan alohida-alohida millatlarni bir-biriga qarshi qo’yish orqali ularni mahv etishdan ham aslo chekinmas edi.
Zakavkazyeda 1905 yildagi armani-musulmon qirg’ini velikorus mutloqiyati mahv etuvchilik siyosatining eng yorqin isbotidir. Zakavkazye inqilobiy dehqon ommasi ularning sarmoyaviy zulmiga qarshi o’z g’azablarini ochiqdan-ochiq namoyon etgan o’sha paytlarda chor generallari Vorontsov –Dashkovlarning qo’li bilan tarixan bir-biriga qo’shni bo’lgan ikki xalq – armanilar va musulmonlar orasiga adovat urug’lari sepildi.
Bu Zakavkazye milliy ozchiliklar ustidan o’z og’aligini ilgari surgan bir hovuch milliy shovinistlar – musovotchilar, dashnoqlar va mensheviklar, G’arb kapitali yugurdaklari rahbarlik rolini qo’lga kiritgan uch “mustaqil davlat”ga parchalanganda o’z sharmandali qiyofasini yana bir bor namoyon etdi. Bu “davlatlar” vujudga kelgan qisqa bir muddat mobaynida Qorabog’ tog’larida va Zakavkazyening boshqa qismlarida mehnatkash dehqonlarning ozmuncha qoni to’kilmadi.
Qanday shaklda namoyon bo’lishidan qat’i nazar, milliy zulm va tengsizlikning bartaraf etilishi, milliy adovat va nafratning mehnatkashlarning internatsional birdamligi, yagona davlat ittifoqida xalqlarning qardoshlarcha haamkorligi bilan almashtirilishi qishloq-dehqon inqilobining asosiy vazifalaridan biridir”.
Ozarbayjon Sovetlari Markaziy Ijroiya Komitetining dekretiga ko’ra, Tog’li Qorabog’ning armanilar yashaydigan qismida markazi Xonkandi bo’lgan muxtor viloyat yaratilishi, Ijroiya Komiteti va viloyat yerli sovetlarning idora organlari tayinlanishi kerak edi. Viloyat asosnomasi ishlab chiqilishi va hududiy birliklar fakt sifatida muxtor viloyat ixtiyoriga berilishi, shuningdek, muxtor viloyat chegaralarini belgilab chiqish uchun tog’li va pastekis Qorabog’, Kurdiston va Ozarbayjon SSR markaziy hokimiyatining vakillaridan iborat qo’shma komissiya tashkil etilishi lozim edi.
Sovet hokimiyatining keying yillarda TQMVning hududlari va imtiyozlarini kengaytirish jarayoni davom etdi hamda viloyatda armanilarning son va mavqe jihatdan ustunligi ta’minlandi. 1981 yilning 16 iyunida Ozarbayjon SSR Oliy Soveti “Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyati to’g’risida” qonun qabul qildi. Bu qonunda TQMV imtiyozlari yanada kengaytirildi.
1988 yilda Tog’li Qorabog’ mojarosining hozirgi bosqichi boshlanganda 4,4 ming kvadrat kilometrdan iborat bo’lgan ushbu hudud armanilar ko’pchilikni tashkil etadigan Stepanakert shahri (poytaxt), Mardakert, Askaron, Martuni va Hadrut rayonlari va ozarbayjonliklar ko’pchilikni tashkil etadigan Shusha shahridan iborat edi.
Muxtor Viloyatning butun tarixi davomida vaqti-vaqti bilan separatchilik shiorlari - Armanistonga birlashish talablarini ilgari surgan armanilar so’nggi daf’a 1988 yilning fevralida oyoqqa turdilar. 13 fevralda viloyatda Armaniston bilan birlashish shiori bilan mitinglar to’lqini boshlandi. 20 fevralda TQMV Xalq Deputatlari Oliy Soveti oldiga viloyatni Armanistonga birlashtirish haqidagi iltimosnoma qo’yildi.
Ozarbayjon tuproqlarida 1988 yilda butun yil bo’yi davom etgan tajovuzlar natijasida SSSR Oliy Soveti Tog’li Qorabog’da to’g’ridan-to’g’ri Moskvaga bo’ysunadigan Alohida Boshqaruv Komiteti tuzdi. 1989 yilning oxirida bu komitet tugatilib, Bokuga bo’ysunadigan Respublika Tashkilot Komitetiga almashtirildi. Shu yilning dekabrida Armaniston parlamenti Tog’li Qorabog’ni ushbu respublikaga birlashtirish haqida qaror qabul qildi.
1991 yilning avgustida SSSRning parchalanish jarayoni tezlashdi. 30 avgustda Ozarbayjon parlamenti Respublika mustaqilligini e’lon etdi. Shundan 2 kun so’ng TQMV va ushbu viloyatga hech qanday daxli bo’lmagan Shaumyan rayoni xalq deputatlari sovetlari qo’shma sessiya o’tkazib, Tog’li Qorabog’ Respublikasi nomli soxta tuzilma barpo etdilar. Respublika Tashkilot Komiteti Stepanakertdan Og’domga ko’chib o’tadigan bo’ldi. Buning ortidan Tog’li Qorabog’da ozarbayjonliklarning total etnik tozalanishi – qonli urush boshlandi.
1991 yilning 20 noyabrida Martunining ozarbayjonliklar yashaydigan kentlariga vakillar hay’atini olib uchgan vertolyot Qorkent osmonida terrorga uchradi. Ozarbayjon davlat kotibi Тovfiq Ismoilov, Bоsh Vazir o’rinbosari Zulfu Hojiyev, davlat maslahatchisi Muhammad Asadov, bosh prokuror Ismat Qayibov, prezidentining matbuot kotibi Usmon Mirzayev, davlat-hukumat xodimlari Voqif Ja’farov, Vali Mammadov, Qurbon Namozaliyev, ТQMV huquq-muhofaza, xavfsizlik organlariga boshchilik qilgan rossiyalik generallar bilan birgalikda 20 dan oshiq kishi halok bo’ldi. Bu hodisa TQMVning tugatilishiga turtki berdi.
26 noyabrda Ozarbayjon parlamenti TQMVni milliy hududiy tuzilma sifatida tugatdi, Ozarbayjon Markaziy Ijroiya Komitetining 1923 yil 7 iyulda “Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyatining barpo etilishi to’g’risida”gi dekreti va “Ozarbayjon SSRning 1981 yil 16 iyundagi “Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyatining barpo etilishi to’g’risida”gi qonunini kuchdan qolgan deb hisobladi.
Stepanakert, Mardakert, Martuni shaharlarining tarixiy nomlari qayta tiklanib, Stepanakertga – Xonkandi, Mardakertga - Oqdara, Martuniga Xo’javand deb nom berildi.
Askaron va Hadrut rayonlari tugatildi, markazi Xo’jali shahri bo’lgan Xo’jali rayoni barpo etildi, tugatilgan Askaron rayonining hududi Xo’jali rayonining tarkibiga, Hadrut rayonining hududi esa Xo’javand rayonining tarkibiga kiritildi.
Hozirda qadimgi TQMV va uning atrofidagi tag’in 7 rayon butunlay va qisman armanilar ishg’oli ostidadir.[13]
Тоg’li Qorabog’ muammosi
[edit]Tog’li Qorabog’ muammosining ildizlari qadimga, yanada to’g’rirog’i, 18-asrga borib taqaladi. Chunki armanilar ma’lum bir maqsad yo’lida olib brogan faoliyatlari natijasida Eron yaylovlaridan va Оnado’lidan ko’chirib keltirilib joylashtirilganlar. Tadrijan ko’payib qolgan armanilar hududiy iddao bilan chiqdilar.
Hali Qorabog’ xonligi davridayoq ular separatchilik faoliyati olib borib, xonlik ustiga xorijiy kuchlarning yurishlarini tashkil etradilar. Qorabog’ xonligi Rossiya tomonidan ishg’ol etilgandan so’ng bu yerga hamda Yerevan, Naxchivon hududlariga armanilarning ko’chirilishi tezlashdi. Hatto Тurkmanchoy bitimiga ushbu jarayonni rasmiylashtiradigan bandlar ham kiritildi.
Yigirmanchi asrning boshlaridan esa armanilar Qorabog’, Yerevan va Naxchivon tuproqlariga real iddaolar bilan chiqishlar qildilar hamda Eron va Rossiya tomonidan qattiq qo’llab-quvvatlandilar. 1918 yilda ushbu maqsadda Ozarbayjonning turli joylarida qatliomlar uyushtirildi. Bundan maqsad “Dengizdan Dengizgacha Buyuk Armaniston” yaratmoq edi. Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati barpo etilgandan so’ng qadimiy turk-Ozarbayjon tuprog’i Yerevanning armanilarga berib yuborilishi bilan zohiran hammasi izga tushgandek bo’ldi. Sovetlar davrida Zangazur vа Кo’kcha ham armanilarga berildi. Shunday qilib, Rossiya va Eron Turkiya bilan Ozarbayjonni ajratgan holda nainki o’z maqsadiga yetdi, ayni paytda Naxchivonni ham Ozarbayjondan ajratib tashladi Sovet davrida Qorabog’ni armanilarga berish borasida bir qancha harakatlar qilingan bo’lsa-da, ammo bu amalga oshmay qoldi. Sovetlar parchalanishi arafasida armanilar Qorabog’da allaqachon qurollanib bo’lgan edilar va 1988 yildan ular faollasha boshladilar. Bu amaliyotlar 1994 yilda otishmalarga aylanib ketdi va Qorabog’ armanilar tomonidan ishg’ol etildi.
Tog’li Qorabog’dagi separatchi rejim
[edit]1980-yillarning oxirida va 1990-yillarning boshlarida ushbu hududda ro’y bergan etnik qarama-qarshiliklar hamda Armanistonning TQMVni o’ziga birlashtirib olish talablari Аrmaniston bilan Оzarbayjon o’rtasida urushning kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Аrmaniston qo’shinlari ТQMV va unga qo’shni bo’lgan 7 rayonni (Lochin, Kalbajar, Og’dom, Fuzuliy, Jabroyil, Qubodli, Zangilon) ishg’ol etdi. 1994 yilda Bishkekda otishmalarni to’xtatish haqidagi bitim imzolandi. Separatchi rejim 1991 yilda Tog’li Qorabog’da mustaqillik e’lon etdi. Xalqaro qonunning hech qanday huquqiy talablariga javob bermaydigan bu “mustaqillik” hozirga qadar haqli ravishda dunyoning hech bir mamlakati tomonidan tan olingani yo’q.
Iqtisodiyot
[edit]Tog’li Qorabog’ foydali qazilmalar va ma’danli suvlarga juda boydir. Bu yerda oltin, kumush, mis, rangli metallar, temir, rux, granit, marmar, qimmatbaho toshlar va boshqa foydali qazilmalarni uchratish mumkin. Uydirma Tog’li Qorabog’ Milliy Statistika komitetining rasmiy ma’lumotlariga ko’ra uydirma Qorabog’da 2001-2006 yillarda inflatsiya 3 % ni tashkil etgani holda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi 11-13% ortgan. 2007 yilda esa YaIM 232,10 mln AQSH dollariga teng bo’lgan. Bu ko’rsatkich 2006 yilga muqoyasa qilganda 8,8% ortgan. Kishi boshiga es bu ko’rsatkich 1489,5 AQSH dollarini tashkil etgan.
Ushbu yillar mobaynida mahsulot ishlab chiqarish 3,9%, sanoat mahsuloti esa 5,8%, qishloq xo’jaligi mahsuloti esa 5,4% ortgan. Xususiy sektorda YaIM 63,5% ni tashkil etgan. Buning 32% ini kichik va o’rta biznes ulushi tashkil etgan.
Qoraboqqa xorijiy yordamlar asosan AQSH tomonidan ko’rsatilmoqda. Binobarin, AQSH kongressi tomonidan uydirma Tog’li Qoraboqqa 1998-2006 yillarda ko’rsatilgan gumanitar yordam hajmi 3 mln AQSH dollariga teng bo’lgan. 2007-2008 yillarda bu ko’rsatkich 5 mln AQSH dollarini, 2009 yilda esa 8 mln AQSH dollarini tashkil etgan. Shu bilan birga faqat 2008 yilda Qorabog’da 64 ta xayriya dasturi amalga oshirilganki, ushbu dasturlarning ham umumiy qiymati 13 mln AQSH dollari hajmiga teng bo’lgan.
Uydirma Tog’li Qoraboqqa investitsiyalar asosan Armani diasporasining a’zolari tomonidan ajratiladi. Bu investitsiyalrni uydirma Tog’lli Qorabog’ hukumati asosan mintaqani iqtisodiy rivojlantirishga yo’naltiradi. Investitsiyalar asosan suv elektr stansiyalari, uzumchilik, qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, tabiiy zaxiralarni o’zlashtirish, turizm va axborot texnologiyalariga ajatiladi. Hozirda iqtisodiyotning turli sohalariga 100 mln AQSH dollariga teng investitsiya ajratilganki, bu ham iqtisodiyotning turli-tuman sohalarini o’z ichiga qamra oladi.
Shuni ham nazarda tutish lozimki, Armanistonda va Tog’li Qorabog’da bir xil bank tizimi va bir xil pul birligi joriy etilgan. Har ikki hudud han bir xil bojxona tizimiga egadir. Lekin Tog’li Qoraboqqa import qilinadigan va undan eksport qilinadigan mahsulotlar to’g’ridan-to’g’ri xazinaga kelib tushmaydi. Keyingi yillarda Armaniston banklari kichik va o’rta biznesni rivojlantirish bilan bog’liq kredit ajratish siyosatini amalga oshirmoqda va ipoteka bozorini kengaytirib bormoqda.
Tog’li Qorabog’da mavjud banklar eski bank tizimida, ya’ni “VTB Armeniya” banki orqali faoliyat ko’rsatmoqda. Shu bilan birga “Western Union” vа “Money Gram” pul ko’chirmalari ham faoliyat olib bormoqda.
Agrar soha Tog’li Qorabog’da tarixan rivojlanib kelgan va ixtisoslashgan sohalardan iboratdir. Hozirda agrar sector YaIMning 15,7 % ini yetkazib beradi. 1994-1995 yillarda kolxoz va sovxozlar tugatildi hamda qishloq xo’jaligi kooperativlari tashkil etildi. 1998-1999 yillarda esa yerlar qishloq ahliga bo’lib berildi va kishi boshiga 0,6 gektar yer ajratildi. Hozirda Tog’li Qorabog’da 15 ming fermer ro’yxatga olingan. Qishloqliklar istisno ravishda barcha yer soliqlaridan ozod etilgan. Yer solig’i esa yil mobaynida 3-10 AQSH dollari oralig’ida o’zgarib turadi. 2001 yildan boshlab esa soliq tizimida foydadan olingan soliq 32% dan 5%ga kamaytirildi (qayd etmoq lozimki, Ozarbayjonda bu ko’rsatkich -24%, Armanistonda esa 25%). Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi muassasalar esa qo’shimcha daromad solig’idan ozod etilgan. Uydirma Tog’li Qorabog’da asosan sharob va aroq ishlab chiqarish ustun turadi. Aroqlar asosan bug’doy va mevalardan, vino va sharoblar esa tut, o’rik va uzumdan tayyorlanadi. Eng katta korxonalar esa “Qarabag Gold” vа “Arsax Algo” QSJdir. Bu korxonalar tomonidan ishlab chiqargan mahsulotlarning faqat 15% idan ichki iste’mol uchun foydalaniladi. Qolgan 85% Armaniston, Rossiya, Ukraina va AQSHga jo’natiladi. Qayd etmoq lozimki, 2009-2012 yillarda uydirma Tog’li Qorabog’da qishloq xo’jaligining rivojlantirilishi bilan bog’liq dastur tayyorlangan. Bundan asosiy maqsad esa mintaqada bug’doy yetishtirishni ko’paytirishga erishmoqdir.
Tog’li Qorabog’da faoliyat olib borayotgan korxonalar orasida eng kattasi kon-ma’dan sanoatidir. Keyingi yillarda jahon bozorida oltinning narxi jadal oshib bormoqda. Mutaxassislarning taxminlariga ko’ra, ahvol shunday davom etsa, oltinning 1 unsiyasi (33 gramm) 1500 dollardan oshib ketadi. Hozirda jahon bozorida oltinning 1 unsiyasi 1200 dollar atrofidadir.
Ozarbayjonning asosiy oltin zaxiralari bo’lmish Kalbajar va Zangilon rayonlari ishg’ol ostida qolgan. Qayd etmoq lozimki, Ozarbayjon Respublikasining Ekologiya va Tabiiy boyliklar vazirligi hozirda Ozarbayjonning oltita oltin konini (Gadabay, Qo’sha, Kalbajar, O’rdubod bloki) ishga tushirish bilan bog’liq bitimlar tuzgan.
Eslatib o’tmoq kerakki, hozirda tugatilgan “Ozarqizil” Davlat shirkati va AQSHning “R.V.Investment” shirkati o’rtasida 1997 yilda 25 yilda mo’ljallangan 51+49 nisbatida bitim tuzilgan. Bu bitimda Ozarbayjonning zaxiralari 400 tonna oltin, 2500 tonna kumush va 1,5 million tonna mis bo’lgan konlarini ishga tushirish ko’zda tutilgan edi. Bitimga asosan AQSH tomoni loyiha uchun 500 million dollarga yaqin sarmoya kiritishi, shundan 30-40 million dollarini konlarni izlab toppish ishlariga yo’naltirishi lozim edi.
Armaniston Ozarbayjonning ishg’ol etilgan hududlarini ham qo’shib olgan holda yangidan-yangi konlardan qimmatbaho metallar qazib olishga urinmoqda. Hozirda Armanistonda qadimiy oltin konlari barpo etilmoqda, yangi konlar ishga tushirilmoqda. Yerevandan janubda joylashgan Ararat tog’laridagi oltin konlarini ishga tushirish Rossiya shirkatiga havola etilgan. Rossiyaning “Madneuli” shirkati Armanistonning asosiy oltin konlari ustidan nazoratni o’z qo’liga olgan. Lekin ushbu shirkatning nazorati ostiga berilgan Zo’d oltin koni munozaralidir. Zo’d oltin konining bir qismi Kalbajar rayoni hududida joylashgan. Ma’lumotlarga ko’ra, armanilar qonunsiz ravishda ishg’ol etilgan Kalbajar hududidan ham oltin kavlab olishni rejalashtirganlar. Ozarbayjon tomoni Zo’d konining “Madneuli” shirkati o’z ixtiyoriga olishiga qarshi rasmiy norozilik bildirgan. Kondan oltin kavlab olish uchun foydalaniladigan tsianid kislotasi esa atrofdagi daryolarga oqizib yuborilgan. Bu ham mintaqaning ekologik vaziyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ayni paytda “Beyz Metls” mis rudasini boyituvchi kombinati ham faoliyat olib bormoqda. Ushbu kombinat 150 ming tonna polimetall rudasini tog’dan qazib olish va qayta ishlash maqsadida tashkil etilgan. Bu yerda keying 4 yilda rejadagidan ham ortiq – 320 ming tonna polimetall rudasi qazib chiqarildi. Kelajakda esa bu yerdan har yili 400 ming tonna ruda qazib chiqarish rejalashtirilgan. Polimetall-ruda tozalangandan so’ng oltin holiga keladi va u Evropa bozorlariga jo’natiladi. Hozir kombinatda 1200 ishchi majud.
Uydirma Tog’li Qorabog’ning elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyojning asosiy qismini Sarsang SES yetkazib beradi. Lekin bu umumiy ehtiyojning faqat 45% ini qoplaydi, xolos. Qolgan ulush esa Armanistondan olinadi. Shuning uchun yangi dastur qabul qilinishi kutilmoqda. Bu dasturga asosan 25 ta yangi SES qurilishi ko’zda tutilgan.
Iqtisodiyotning eng foydali sohalaridan biri hisoblangan turizm tarmog’ini rivojlantirish ham nazarda tutilgan. Shu maqsadda turizm industriyasiga 2007 yilda 655 ming AQSH dollari, 2008 yilda 2 mln 857 ming AQSH dollari ajratilgan. Armani diasporasi asosan Shveytsariyaning “Sirkap Armeniya” shirkati yordamida 1,5 mln AQSH dollari miqdorida bir nechta mehmonxona va otellar qurildi. Hozirda Tog’li Qorabog’da 20 ta mustaqil otel, Xonkandida esa 10 ta mehmonxona faoliyat ko’rsatmoqda. Mintaqada “Stepanakertur” vа “Asapar” turizm shirkatlari ishlab turibdi. Bu yerga keladigan sayyohlarning aksariyati AQSH, Fransiya, Kanada, Rossiya, Germaniya davlatlarining fuqarolaridir. Shuningdek, Buyuk Britaniya, Avstriya, Suriya, Yaponiya, Isroil va boshqa davlatlardan ham turistlar oqimi kelib turadi.
Tog’li Qorabog’ eksport qiladigan asosiy mahsulotlar: oltin, mis, sharob, aroq, konserva mahsulotlari va gilamlardir. Bu mahsulotlar asosan AQSHga, Evropa davlatlariga va Rossiyaga eksport qilinadi. Qayd etib o’tilgan barcha bu faktlar armanilar olib borayotgan chirkin va ishg’olchilik siyosatining natijasidir. Hozirda bizni o’ylantiradigan bir savol bor, armanilarning Ozarbayjon tuproqlarida olib borayotgan g’ayriqonuniy faoliyatlari va o’zboshimchaliklari qachongacha davom etadi? Biz buning javobini bilmaymiz…
Маdaniyat
[edit]Qorabog’ o’z moddiy va ma’naviy madaniyatining barcha komponentlari bilan batamom Ozarbayjon xalqiga xos edi. Qorabog’ gilami, Qorabog’ libos turlari, qo’lbola mahsulotlar nainki Ozаrbayjonda, hatto butun Sharq o’lkalarida ham mashhur bo’lib, yuksak baholanar edi. Qorabog’da o’ziga hos og’irlik va boshqa o’lchov birliklari mavjud edi. Qishloq xo’jaligida yuksak an’anaviy dehqonchilik va sug’orish madaniyati yaratilgan edi.
Ma’naviy madaniyatning eng muhim sohalarida ham Qorabog’ o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan. XVII – XVIII asrlardayoq Ozarbayjon adabiy tilida singarmonizm qonuniyati aynan Qorabog’ dialektining ta’siri bilan izchillik kasb etadi. Qorabog’ shoirlarini birlashtirgan Majlisi uns va Majlisi faromushon o’z uslubi bilan ajralib turardi. Qorabog’ musiqiy maktabi esa hatto butun Sharqda mashhur edi. Qorabog’ning bosh shahri bo’lgan Shusha Zakavkazyening konservatoriyasi sifatida e’tirof etilar edi.
Таrixiy faktlar
[edit]1945 yilning kuzida Armaniston KP MKning kotibi A.Arutyunov VKP(b) MKda bo’lib o’tgan muzokarada Tog’li Qorabog’ Viloyatini Armanistonga berilishi haqidagi taklif – loyihani taqdim etadi. Taklifda Tog’li Qorabog’ aholisining aksariyati armanilardan iborat bo’lgani uchun ham ushbu hududning Armanistonga berilishi lozimligi alohida urg’u berilgan edi. Shunda VKP(b) kotibiyati Ozarbayjon KP MK kotibi М.J. Bag’irovning fikrini bilish uchun unga murojaat etadi
A. Arutyunovning maktub-loyihasidagi dalillarni ostin-ustun etgan M.J.Bag’irov shunday fikr bildiradi: agar armanilar asos qilib keltirgan sababga ko’ra Yuqori Qorabog’ning Armanistonga berilishi maqbul deb hisoblansa, mayli, TQMRning Shusha rayonidan boshqa hududari Armanistonga berilsin. Biroq bir shart bilan. Ana shu argument – omilga asoslaniladigan bo’lsa, ozarbayjonliklar yashaydigan Verdi, Qorabog’lar vа Yig’iqnazor rayonlari Naxchivonga birlashtirilsin, shuningdek, bir vaqtlar Gruziya vа Dog’istonga berib yuborilgan Ozarbayjon tuproqlari ortga qaytarilsin.
Qorabog’ haqidagi faktlar
[edit]“Qorabog’ haqidagi haqiqiy faktlar” (The series of "The true facts about Garabagh") – kitoblar seriyasidagi ma’lumotlar ingliz tilida bo’lgani sababli, aynan berilmoqda:
Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyati
[edit]- Hududiy maydoni – 4388 kv.km
- Аholisi (1989) – 189085
- Аrmanilar – 145450 (76,9%)
- Оzarbayjonliklar – 40688 (21,5%)
- Ruslar – 1922 (1%)
- Boshqalar – 1025 (0,6%)
Tog’li Qorabog’ viloyati atrofidagi boshqa rayonlar va ularning ishg’ol etilish tarixi
[edit]- Хоnkandi – 25 dekabr 1991 – 53500
- Хo’javat – 2 оktabr 1992 – 41725
- Shusha – 08 may 1992 – 24900
- Lochin – 18 may 1992 – 71000
- Каlbajar – 2 aprel 1993 – 74000
- Оg’dom – 23 iyul 1993 – 165600
- Fuzuliy – 23 avgust 1993 – 146000
- Jabroyil – 23 аvgust 1993 – 66000
- Qubodli – 31 аvgust 1993 – 37900
- Zangilon – 29 оktabr 1993 – 39500
Тajovuz qurbonlari
[edit]- Halok bo’lganlar – 20000
- Jarohatlanganlar – 50000
- Bedarak ketganlar – 4866
Vayrongarchilik va ko’rilgan zararlar
[edit]- Aholi punktlari – 890
- Uylar – 150000
- Ma’muriy binolar – 7000
- Маktablar – 693
- Bolalar bog’chalari – 855
- Sog’liqni saqlash muassasalari – 695
- Kutubxonalar – 927
- Ibodatxonalar – 44
- Masjidlar – 9
- Тarixiy joylar – 9
- Таrixiy obida va muzeylar – 464
- Мuzeylar – 40000
- Sanoat va qishloq xo’jalik korxonalari – 6000
- Аvtomobil yo’llari – 8000 km
- Кo’priklar – 160
- Suv tarmoqlari – 2300 km
- Gaz tarmoqlari – 2000 km
- Elektr tarmoqlari – 15 000 km
- O’rmonlar – 280000 gа
- Ekin maydonlari – 1000000 gа
- Sug’orish tizimlari – 1200 km
Umumiy zarar 60 milliard AQSH dollari atrofida taxmin etiladi.
Muammoni jahon hamjamiyati diqqatiga yetkazish
[edit]Maqsadli olib borilayotgan siyosat natijasida Tog’li Qorabog’ muammosi jahon hamjamiyatining diqqat markazida saqlanib kelmoqda. Mustaqil xorijiy tadqiqodchilar muammo yuzasidan seminarlar o’tkazishyapti, matbuotda chiqishlar qilib, kitoblar nashr qilishyapti. Obyektiv izlanishning so’nggi mahsullaridan biri bu Moskva Davlat Universiteti tomonidan 2011 yilning yanvar oyida chop etilgan “Mayendorfdan Ostonagacha: arman – ozarbayjon tog’li qorabog’ mojarosining prinsipial jihatlari” kitobidir.[14]
Tog’li Qorabog’ tabiati
[edit]Tog’li Qorabog’ tabiati juda boydir.
- Iqlimi — iliq - issiq, tog’lar- tundra, yozi iliq, qishi sovuq, quruq iqlimli.
- Harorat — bahorda 5-10 daraja, yozda – 20-30 daraja, kuzda – 2-8 daraja, qishda – 10-15 daraja sovuq.
- Geografiya — O’z nomidan ma’lumki, asosan tog’li joylarda joylashgan. Eng yuqori cho’qqilari: Murovdag, Bovurxan tog’i, Vangli, Maryamdag, Djidir va Kirs qiyaliklari.
Adabiyotlar
[edit]“Qorabog’ haqida haqiqiy faktlar” (The series of "The true facts about Garabagh") turkumidagi kitoblar Geydar Aliyev Fondi tomonidan tayyorlangan:
- "Qorabog’ tarixi haqida qisqacha ma’lumot" ("Brief Information of the history of Garabagh")
- "Arman terroristik guruhlarining Ozarbayjonga qarshi harakatlari" ("Activity of Armenian terrorist organizations against Azerbaijan")
- " Xodjali genotsidi" ("The Khojaly genocide")
- "Armanilarning Ozarbayjonliklarga qarshi agressiya natijasi” ("Consequences of Armenian aggression against Azerbaijan")
- Abdullaev V.A. Milliy g’oya: siyosiy jihat. Boku: 1998, 123 bet.
- Gamidov V. V. Ozarbayjonda mavjud siyosiy – geografik muammolar va ularni hal qilish yo’llari. Boku: 2009, 184 bet.
- Mamedov J.A. Geosiyosat. Boku: 2005, 232 bet.
- Shamsizade N.D. Ozarbayjon mafkurasi. Boku: 1996, 65 bet.
- Əhmədbəy, Cavanşir (1961). Qarabağ xanlığının siyasi vəziyyətinə dair: 1747-ci ildən 1805-ci ilə qədər (paper) (in Azerbaijani). Baku: Azərbaycan SSR EA.
- Abbasov, Samir (2012). Razgrablennyye kul'turnyye dostoyaniya, unichtozhennyye biblioteki - zhertvy armyanskoy agressii (in Azerbaijani). Baku: Təhsil.
- Sovetskiy Nagornyy Karabakh (in Azerbaijani). Baku: Azerneshr. 1983.
- layihə rəhbəri. D. Musayev; red. hey. N. Abdullayev və b. (2009). Şuşa - qədim Azərbaycan diyarı (Шуша - древний край Азербайджана) (in Azerbaijani). Baku.
{{cite book}}
: CS1 maint: location missing publisher (link) CS1 maint: multiple names: authors list (link) - Nazim Məmmədov (2010). Azərbaycan SSR Dağlıq Qarabağ bölgəsinin şəhər və rayonlarının tarixi: XX əsrin 20-90-cı illəri (in Azerbaijani). Baku: Təhsil.
- Qarabağ həqiqətləri (in Azerbaijani). Baku. 2011.
{{cite book}}
: CS1 maint: location missing publisher (link) - Şuşa - qədim Azərbaycan diyarı (in Azerbaijani). Baku. 2009.
{{cite book}}
: CS1 maint: location missing publisher (link) - Vəlizadə Rövşən Novruz oğlu (2006). Genosid... Ecocid: I kitab (in Azerbaijani). Baku: Adiloğlu.
- B.Eyvazov; A.Balayev; Predisoviye.A.Eyvazov. Eyvazov; Bakhadur Asker oglu. prof. (2008). Kurort Shusha 1907-1987 (in Russian). Baku: Nurlan.
{{cite book}}
: CS1 maint: multiple names: authors list (link) - G.Imanova; Predisloviye.M. Teymur (2007). Moya Shusha: Patrioticheskiye stikhi (in Russian). Baku: Adil'oglu.
{{cite book}}
: CS1 maint: multiple names: authors list (link) - Gasanova Aybeniz Ashraf kyzy (1996). Sady i parki Azerbaydzhana: istoriya razvitiya landshaftnoy arkhitektury (in Russian). Baku: Ishyg.
- Gasym Gadzhiyev (2013). Irevanskiy "akademicheskiy" etap sezona Gorisskogo teatra absurda S. Sarkisyana (in Russian). Baku: Teknur.
- Guliyev Gasan Mamedaga ogly (1995). Smert' diplomata ili k istokam konflikta v Karabakhe (in Russian). Baku: Ergyun.
- Zemfira Gadzhiyeva (2008). Garabagskoye khanstvo: sotsial'no-ekonomicheskiye otnosheniya i gosudarstvennoye ustroystvo (in Russian). Baku: Takhsil.
- Istoriya Azerbaydzhana po dokumentam i publikatsiyam (1990). Elm (in Russian). Baku.
{{cite book}}
: CS1 maint: location missing publisher (link) - Karabag-name (1950). AN Azerbaydzhanskoy SSR (in Russian). Baku.
{{cite book}}
: CS1 maint: location missing publisher (link) - Mustafa-zade Rakhman (2006). Dve Respubliki: azerbaydzhano-rossiyskiye otnosheniya v 1918-1922 gg (in Russian). Baku: MIK.
- Turan Akhundova (1999). Nemtsy-kolonisty Azerbaydzhana: XIX-nach. XX v. Shusha (in Russian). Baku.
{{cite book}}
: CS1 maint: location missing publisher (link) - Khronika NKAO: fevral' 1988 - fevral' 1990 (1990). Kommunist (in Russian). Baku.
{{cite book}}
: CS1 maint: location missing publisher (link) CS1 maint: numeric names: authors list (link) - Chingiz Kadzhar (2007). Staraya Shusha (in Russian). Baku: Şərq-Qərb.
- E. Avalov; Fond Geydara Aliyeva; [sost. Obshchestvennaya Organizatsiya Razvitiya regionov] Avalov; El'turan (2008). Shusha: grafika (in Russian). Baku: Chashyoglu.
{{cite book}}
: CS1 maint: multiple names: authors list (link) - K. M. Məmmədzadə; N. A. Sərkisov; red. C. Quliyev; foto. Q. M. Hüseynzadə (1986). Şuşa-Vaqifin türbəsi; AzSSR EA Tarix İn-tu Arxeologiya və Etnoqrafiya Sektoru (in Azerbaijani). Bakı: Elm.
{{cite book}}
: CS1 maint: multiple names: authors list (link) - M. M. Ağamirov ; elmi red. O. Abasquliyev ; red. və ön söz müəl. S. Əliyev (2013). Nəğmə dolu Şuşam mənim!(Песенный город Шуша/ Shusha - city of songs). Şuşa incəsənət məktəbi (in Azerbaijani). Bakı: Nurlar.
{{cite book}}
: CS1 maint: multiple names: authors list (link) - pod red. I. P. Babenko (1914). Pamyatnaya kniga Yelisavetpol'skoy guberniy na 1914 god: sprilozheniye tablitsy ob ekonomicheskom polozhenii nasedeniya gubernii (in Russian). Tiflis.
{{cite book}}
: CS1 maint: location missing publisher (link) - Sadykhova Gyul'dzhamal Nariman kyzy. ; nauch. red. M. A. Ismailov ; NANA In-t Istorii im. A. Bakykhanova (2004). Istoriya goroda Shushi (XIX-nachalo KHKH vv.): [monografiya] (in Russian). Baku: Nurlan.
{{cite book}}
: CS1 maint: multiple names: authors list (link) - Dzh. Aleksandrovich; I. Azimbekov; V. M. Sysoyev; S.Aleksandrovich (1928). Yevlakh-Shusha: arkheologicheskiy ocherk : otdel'nyy ottisk iz 3-go vypuska "Izvestiy Azkomstarisa" (in Russian). Baku.
{{cite book}}
: CS1 maint: location missing publisher (link) CS1 maint: multiple names: authors list (link)
Havolalar
[edit][3] Katta Sovet Ensiklopediyasi {{Country data {{{1}}} | flag link/core | variant = | size = | name = | altlink = national rugby union team | altvar = rugby union}}
- [4] (in English)
- Qorabog’ aholisi (1926-1979)
- Qorabog’ Muxtor Viloyati bekor qilinganidan keyin 17 yil o’tdi
- masalasi tarixiga {{Country data {{{1}}}
| flag link/core | variant = | size = | name = | altlink = national rugby union team | altvar = rugby union}}
- yolg’on va haqiqat
- Qorabog’ armanilar bosqinidan oldin (FOTO) {{Country data {{{1}}}
| flag link/core | variant = | size = | name = | altlink = national rugby union team | altvar = rugby union}}
Shuningdek qarang
[edit]- Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyati (in Azerbaijani)
- Xodjali genotsidi (in Azerbaijani)
- Armanilarning Ozarbayjonda joylshtirilishi (in Azerbaijani)
Manbalar
[edit]- ^ Butun ittifoq aholisini ro’yxatdan o’tkazish 1970 yil
- ^ «Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyati” Ozarbayjon SSR Oliy Kengashi Qonuni
- ^ http://www.azadqarabag.azerall.info/ts_gen/azl/meqale/2003/q-40.htm
- ^ Ozarbayjon Respublikasining Prezident Ishlari bo’yicha Prezident Kutubxonasi, Tog’li Qorabog’ mojarosi, Boku – 2005
- ^ http://www.azadqarabag.azerall.info/ts_gen/azl/meqale/2003/q-40.htm
- ^ Tog’li Qorabog’ tarixi
- ^
Yıldırım, Dursun; Özönder, Cihat (1967). 18.yüzyılda Ermeni-Rus ilişkileri. Erivan. p. 204-205.
{{cite book}}
: CS1 maint: location missing publisher (link) Karabağ Dosyası. Ankara: Türk kültürünü Araştırma Enstitüsü. 1991. p. 84. - ^ http://www.qeribler.com/publ/8-1-0-145
- ^ N. N. Şavrov, Novaya Ugroza Russkomu Delu v Zakavkazie, St. Petersburg, 1911, s. 59-61.
- ^ Tadeusz Swietochowski, Müslüman Cemaatten Ulusal Kimliğe Rus Azerbaycanı 1905-1920, İstanbul, Bağlam, 1988, s. 26.
- ^ N. N. Şavrov, Novaya Ugroza Russkomu Delu v Zakavkazie, St. Petersburg, 1911, s. 59-61.
- ^ Tadeusz Swietochowski, Müslüman Cemaatten Ulusal Kimliğe Rus Azerbaycanı 1905-1920, İstanbul, Bağlam, 1988, s. 26.
- ^ Tog’li Qorabog’
- ^ http://news.day.az/politics/248351.html
Cite error: A list-defined reference named "R6" is not used in the content (see the help page).