User:Bekzat 1997
Bekzat Israilov Abiltay o'g'li 1997-yil 26-fevral haftaning 3-kuni ya'ni chorshanba kuni Ozbekistonning Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani Jumabozor qishlog'ida dunyoga keladi. Millati [qozoq]. Otasi [qozoq], Onasi [qozoq]. U oilada 2-farzand bo'lib undan keyin yana bir farzand qiz farzand dunyoga keladi. Bekzatning oilasida jami 5 kishi edi. Otasi Abiltay Mambetaliyev Israil o'g'li 1971-yilning 26-yanvarida dunyoga kelgan, onasi Gulmira Turabayeva Elibay qizi. Bekzat o'ziga to'q oilada dunyoga keladi. Bekzat 2004-yilda Jumabozordagi ota-onasi o'qigan va bobosi dars bergan maktabga o'qishga qabul qilinadi. Bekzat u yerda 4-sinfgacha o'qib keyin o'qishni Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi Nafis san'at maktab internatiga o'qishga kiradi. Maktabda qator tanlovlarda ishtirok etib munosib o'rinlarni qo'lga kiritadi. U yerda Rassomchilik fanidan dars beruvchi Abdurahmon Nurqobilov qo'l ostida katta bo'ladi. Bekzat 6-sinfga kelib Maktabida katta o'zgarishlar ro'y bera boshlaydi. Masalan, Maktab nomining o'zgarishi, Direktor o'zgarishi va shu kabilar. Maktab nomi "Respublika ixtisoslashgan filalogiya va san'at maktab-internati" o'zgaradi. Keyinchalik 7-sinfligida yana Maktab nomi o'zgaradi. Uning "Respublika ixtisoslashgan musiqa va san'at akademik litseyi" darajasiga ko'tariladi. Bekzat u yerda 9-sinfgacha Rassomchilik sirlaridan saboq oladi. So'ngra u Toshkent shahridagi Toshkent qurilish kommunal kasb-hunar kollejida o'qishni davom ettiradi.