Jump to content

Talk:Namangan

Page contents not supported in other languages.
From Wikipedia, the free encyclopedia

Football club[edit]

Namangan has its football club, named "Navbahor". That football club estimated the strongest football club in Uzbekistan, and it produces football players to other football clubs in Asia. But nowadays, that club fall down from the first part. —Preceding unsigned comment added by Sherajon (talkcontribs) 14:19, 2 October 2009 (UTC)[reply]

Tajik dialect or Tajik language[edit]

In this article an editor had written that Tajik was a dialect of Persian. If wikipedian editors decide collectively that Tajik is a dialect of Persian, than that decision should first be reflected on the Tajik language page and then systematically changed across the entire wikipedia site. For an individual wikipedia editor decide that a "language", and Tajik is defined by linguists in Tajikistan and across the world as a "language" (though I'm sure there are many dissenters), is now a "dialect", is a violation of wikipedia's NPOV editorial rule. We can't have a page that says "Tajik language" and then else where on the site editors are changing every mention of Tajik to "dialect of Persian".David Straub (talk) 22:51, 25 October 2009 (UTC)[reply]

Namangan muhiti[edit]

Namangan shahri O'zbekiston Respublikasining eng yirik ishlab chiqaruvchilik va biznes avj olgan shaharlaridan biri. Yirik fabrikalar, zavodlar, katta serhosil dalalarni o'z ichiga oladi. Biznes salohiyati jihatidan Toshkent dan qolishmaydi. Odamlari do'stona, saxiy, hushbichim, mehnatkash insonlar. Yordam so'rasangiz hech qachon yo'q demaydigan insonlar. Namangan shahrining 90% dan yuqori qismi Musulmon Islom diniga amal qiladi. Vodiyda umuman olganda O'zbekistondagi eng Islom diniga to'laligicha amal qiladigan shahar. Respublikaning eng dindor shahri. Bu yerda din erkinligi bor va bu mavzuga Konstitutsiyada ham alohida e'tibor berilgan.

Ob-havosi odatda salqin. Yozda 40+ dan yuqori bo'ladi. Qishda -10 darajagacha soviydi. Qish mavsumida shahar ichida qor deyarli yog'maydi. Asosan shaharning chekka hududlarida: Nanay, Chodak, G'ova, Mamay, Qamchiq davoni va boshqa tog'li hududlarida qor erimay o'z holida saqlanib turadi. Shungingdek, shahar aholisi yoz mavsumida shaharning issiq havo harorita sababli yuqoridagi tog'li hududlarda dam olish va hordiq chiqarish uchun borishadi.

So'zlashuv tili adabiy tildan biroz farq qiladi va o'z shevasiga (Namangan shevasi) ga ega. Namangan shahri turistlar hordiq chiqarib sayohat qilishlari uchun ayni muddao! Namangan shahrida har yili "Xalqaro Gullar Festivali" bo'lib o'tadi. Bu festivalga dunyoning tur xil burchaklaridan turistlar yog'ilib keladi. Festival odatda May oyida boshlanadi va 30-40 kungacha davom etadi. Shuningdek shahar markazida "Afsonalar Vodiysi" nomli istirohat bog'i (Park) mavjud.

“Afsonalar vodiysi” bog‘i

22799

Namangan shahridagi, sobiq “Mashrab” bog‘ining o‘rnida “Afsonalar vodiysi” deb nomlangan nomi o‘ziga monand, go‘zal yirik tematik bog‘ barpo etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev,o‘zining 2018 – yildagi Namangan viloyatiga tashrifi vaqtida, ushbu madaniyat va istirohat bog‘ining loyihasi bilan yaqindan tanishgan va uni “Afsonalar vodiysi” deb atashni taklif qilgan edi. Tematik bog‘ hududida, 3 qavatlik eng yirik hunarmandlar markazi, 15000 kishi sig‘adigan masjid, savdo markazi, zamonaviy mehmonxona va villalar joylashgan. Shuningdek majmuani, zamonaviy sharsharalar, musiqali favvoralar, manzarali daraxtlar va skameykalar bilan o‘ralgan kanal va ko‘llar bezab turadi. Bog‘ hududida, 10 ta xizmat ko‘rsatish va 5 ta texnik bino, 16 ta basseyn va 7 xil suv attraksioni mavjud bo‘lgan yopiq va ochiq akvapark dam oluvchilar uchun faoliyat ko‘rsatadi.

Bog‘ qurilishi, mahalliy tadbirkorlar va “DOME+Partners” turk loyihalash kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirildi. “Afsonalar vodiysi” majmuasi hududida, tashrif biyuruvchilarga qulaylik yaratish uchun 1300 mashinaga mo‘ljallangan avtoturargoh, 112 ta do‘kondan iborat ikki qavatli savdo markazi, tematik bog‘ va 16 xil zamonaviy attraksionlari bo‘lgan attraksionlar majmuasi, virtual o‘yin xonalari, shuningdek 1000 tagacha mijozlarga xizmat ko‘rsata oladigan restoranlar faoliyat ko‘rsatadi.

2400 kishiga mo‘ljallangan shinam amfiteatr va yozgi amfiteatr, Namangan viloyatining turli xil ko‘ngilochar tadbirlarini o‘tkazish uchun asosiy maydonga aylanadi.


Agarda siz O'zbekistonning biror shahriga kelsangiz, albatta Namangan shahriga keling va sizni mamnuniyat bilan kutib olamiz. 84.54.70.153 (talk) 05:42, 15 June 2024 (UTC)[reply]